Nega piyoz bizni bunchalik " yig‘latadi"?

Nega piyoz bizni bunchalik " yig‘latadi"?
Hech e’tibor qilganmisiz, har doim oshxonada piyoz to‘g‘rashni boshlasak, \"ko‘z yosh to‘ka\" boshlaymiz. Qiziq, nega bu sabzavot bizni bunchalik yig‘latar ekan a? Ushbu savolning javobiga Los.gov saytidan javob topdik.
Nega piyoz bizni bunchalik " yig‘latadi"?
Tadqiqotlarga ko‘ra, piyozning tarkibida sin-propanetial-S-oksidi mavjud bo‘lib, u ko‘zlarning lakrimal bezlariga ta’sir qiladi va natijada ko‘z yoshlariga sabab bo‘ladi. Bugungi kunga qadar, mutaxassislar ushbu holatga sabab qilib allinaza fermentini ko‘rsatishgan.
Nega piyoz bizni bunchalik " yig‘latadi"?
Biroq Yaponiyada olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, piyozning tarkibida ilgari noma’lum bo‘lgan lakromatik-faktorli sintetik modda borligi aniqlangan.

Ushbu jarayon quyidagicha davom etadi:
- Biz piyozni to‘g‘raganimizda lakromatik-faktorli sintetik moddasi havoga chiqariladi.
- Sintetik modda piyozning aminokislotalar sulfoksidlarini sulfat kislotasiga aylantiradi.
- Beqaror bo‘lgan sulfat kislotasi o‘zini sin-propanetial-S-oksidga aylantiradi.
- Sin-propanetial-S-oksidi havoga gaz shaklida chiqadi hamda ko‘zimizga ta’sir qila boshlaydi. So‘ngra lakrimal bezlar achishadi va biz \"duv-duv ko‘z yosh to‘ka\" boshlaymiz,
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sevara
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.