Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:38-13:40 orasida kuchli portlash yuz berdi. Hodisa Chuy va Erkindik ko‘chalari chorrahasida joylashgan \"Antoshka\" kafesida yuz bergan.
Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi, ularning 7 nafari bolalardir.
Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)
Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi.
Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)
Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan 15:21 da to‘la o‘chirilgan.
Bishkekda portlash: hodisa sabablari va jabrlanganlar soni ma’lum bo‘ldi (foto, video)
Bishkek shahar IIBning ma’lum qilinishicha, yong‘in fastfud kafesi ichida joylashgan gaz ballonlarining portlashi asosida yuzaga kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.