Si Szinpin Hongkongdagi tartibsizliklarga chek qo‘yishga chaqirdi

Si Szinpin Hongkongdagi tartibsizliklarga chek qo‘yishga chaqirdi
Zo‘ravonlik va tartibsizliklarga chek qo‘yish Hongkong uchun birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Braziliya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammitida aytdi.

\"Zo‘ravonlik va tartibsizliklarga chek qo‘yish hamda tartibni tiklash Hongkong uchun kechiktirib bo‘lmas vazifalar hisoblanadi\", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sinxua agentligi.

Hongkongda yoz boshida ekstraditsiya haqidagi qonun loyihasi qabul qilinishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangandi. Hongkong ma’muriyati rahbari Kerri Lam qonun loyihasini qabul qilish rejasidan voz kechganiga qaramay, muxolifat tarafdorlari noroziliklarni davom ettirmoqda.

Keyingi kunlarda namoyishlar politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.