Helloven bayrami haqidagi qiziqarli ma'lumotlar

Helloven bayrami haqidagi qiziqarli ma'lumotlar
1. Helloven dastlab Irlandiyada paydo bo‘lgan deb tan olingan.
Hellovenning asli kelib chiqishi Irlandiya va Shotlandiyadan kelgan kelt xalqlariga borib taqaladi. Shunday qilib, ushbu bayram Amerikada ham mashhur bo‘lib ketadi va ko‘p o‘tmay bu bayram Amerikada ham keng miqyosda nishonlanishni boshlagan.
Helloven bayrami haqidagi qiziqarli ma'lumotlar
2. Helloven - bu eng katta daromad keltiradigan bayram hisoblanadi.
Amerika qandolatchilik sohasiga eng katta daromad Helloven bayrami munosabati bilan olingan shirinliklar, ayniqsa shokoladlar olib keladi. Buning isboti sifatida yiliga kelib tushadigan daromad 9 milliard dollarni tashkil qiladi.
Helloven bayrami haqidagi qiziqarli ma'lumotlar
3. Nyu-Yorkda Helloven bayrami boshqa joylardan farqli o‘laroq juda katta paradlar bilan nishonlanadi.
Nyu-York shahrida har yili bo‘lib o‘tadigan Helloven paradida 50 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi.
Helloven bayrami haqidagi qiziqarli ma'lumotlar
4. Apelsin rang va qora ranglar ushbu bayramning asosiy ranglari hisoblanadi.
Apelsin rang kuzda juda keng tarqalgan rang va bu bayram ham aynan kuzgi bayram bo‘lgani uchun bir-biriga mos. Qora rangga kelsak, u ko‘pincha qorong‘ulikni ifodalash uchun ishlatiladi, bu ham bayramda muhim hisobalanadi.
Helloven bayrami haqidagi qiziqarli ma'lumotlar
5. Gulxan va shamlar
Olovda o‘simliklar va hayvonlarning suyaklari qurbonlik sifatida yondirilgan va bu olov yovuz ruhlarni yo‘q qilishiga ishonishgan.
Bugungi kunda gulxanlar unchalik ishlatilmaydi, ularning o‘rniga shamlar ishlatiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Maftuna
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.