Stiv Jobs jamoasidagi kuchli “o‘yinchi”lardan biri Apple'ni tark etdi

Noyabr oyi oxirida Apple\'ning bosh dizayneri Joni Ayv 27 yillik faoliyatidan keyin kompaniyani tark etdi. Faoliyati davomida u Apple\'ni kompyuter ishlab chiqaruvchi firmadan texnologiya gigantiga aylantirgan mahsulot iPod\'dan boshlab iPhone\'ning oxirgi markalariga qadar loyihalashtirgan edi.
Shuningdek, u nafaqat kompaniya mahsulotlari, balki Apple\'ning barcha mahsulotlarining qadoqlanishi, Apple Store do‘konlari va kompaniyaning barcha ofislari dizayniga ham javobgar edi.
“U shunchaki dizayner emas. Shuning uchun ham u bevosita men bilan ishlaydi. Unda, Apple\'dagi boshqalarga qaraganda ko‘proq vakolat bor. Albatta meni hisobga olmaganda”, - degan edi “Apple afsonasi” Stiv Jobs Joni Ayv haqida.
2014 yilda Ayv Britaniyaning The Times nashriga bergan intervyusida u xohlagan vaqtida Apple\'ni tark etishi mumkinligini, biroq innovatsion mahsulot yaratish imkoniyati uni to‘xtatib turganini aytadi: “Men innovatsiyalar tugashi bilan Apple\'dan ketaman. Men faoliyatimni tugataman. Biz ajoyib davrning ostonasida turibmiz va ajoyib mahsulotlarni chiqaramiz”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Shuningdek, u nafaqat kompaniya mahsulotlari, balki Apple\'ning barcha mahsulotlarining qadoqlanishi, Apple Store do‘konlari va kompaniyaning barcha ofislari dizayniga ham javobgar edi.
“U shunchaki dizayner emas. Shuning uchun ham u bevosita men bilan ishlaydi. Unda, Apple\'dagi boshqalarga qaraganda ko‘proq vakolat bor. Albatta meni hisobga olmaganda”, - degan edi “Apple afsonasi” Stiv Jobs Joni Ayv haqida.
2014 yilda Ayv Britaniyaning The Times nashriga bergan intervyusida u xohlagan vaqtida Apple\'ni tark etishi mumkinligini, biroq innovatsion mahsulot yaratish imkoniyati uni to‘xtatib turganini aytadi: “Men innovatsiyalar tugashi bilan Apple\'dan ketaman. Men faoliyatimni tugataman. Biz ajoyib davrning ostonasida turibmiz va ajoyib mahsulotlarni chiqaramiz”.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













