Ukraina milliy xavfsizlik kengashi Donbassni qaytarish ssenariysini tasdiqladi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi shanba kuni boʻlib oʻtgan yopiq majlisda Donbassni qayta qoʻshib olish ssenariysini tasdiqladi. Bu haqda kengash kotibi Aleksey Danilov maʼlum qildi.
“Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi hayotga tatbiq etiladigan ssenariylardan birini qabul qildi”, - dedi u.
Danilovning soʻzlariga koʻra, majlisda hududiy mudofaa strategiyasi masalasi ham muhokama qilingan.
Yopiq majlisda muhokama qilingan uchinchi masala mamlakatda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy normandcha shaklda oʻtkaziladigan uchrashuvni muhokama qilish uchun shanba kuni milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisini chaqirdi. “Normand toʻrtligi” (Rossiya, Germaniya, Fransiya, Ukraina) yetakchilarining sammiti 9-dekabr kuni Parijda boʻlib oʻtadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi shanba kuni boʻlib oʻtgan yopiq majlisda Donbassni qayta qoʻshib olish ssenariysini tasdiqladi. Bu haqda kengash kotibi Aleksey Danilov maʼlum qildi.
“Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi hayotga tatbiq etiladigan ssenariylardan birini qabul qildi”, - dedi u.
Danilovning soʻzlariga koʻra, majlisda hududiy mudofaa strategiyasi masalasi ham muhokama qilingan.
Yopiq majlisda muhokama qilingan uchinchi masala mamlakatda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy normandcha shaklda oʻtkaziladigan uchrashuvni muhokama qilish uchun shanba kuni milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi majlisini chaqirdi. “Normand toʻrtligi” (Rossiya, Germaniya, Fransiya, Ukraina) yetakchilarining sammiti 9-dekabr kuni Parijda boʻlib oʻtadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













