Zelenskiyning otasi o‘g‘liga «minus to‘rt» qo‘ydi

Zelenskiyning otasi o‘g‘liga «minus to‘rt» qo‘ydi
Foto: «Replyua»
«Argumenti.ru» yozishicha, Vladimir Zelenskiy boshqaruvidan norozi ayrim ukrainaliklarga prezidentning otasi Aleksandr Zelenskiy munosabat bildirdi: «O‘g‘limning bahosi «minus to‘rt!».

Jurnalistlar ham tinch turishgani yo‘q, katta Zelenskiyni o‘g‘lingiz o‘qituvchilarning maoshini 4 ming dollargacha oshiraman, deb va’dalarni quyuq qilgandi, mana endi odamlarning hafsalasi pir bo‘lib, uning reytingi pasayib ketyapti, deya so‘roqqa tutishdi.

«Ha, Vova aybdor. Unga minus 4 qo‘yamiz», — dedi kinoya bilan Aleksandr Zelenskiy. Uning ta’kidlashicha, hozirgi prezident siyosatidan «kallavaramlar»gina norozi bo‘lishi mumkin. Aql-hushi joyida fuqarolar esa Vladimir Zelenskiyning va’dasida turadigan halol insonligini yaxshi bilishadi, faqat ozgina kutish kerak, hali natijalarni ko‘rishga arzigulik vaqt o‘tgani yo‘q.
Zelenskiyning otasi o‘g‘liga «minus to‘rt» qo‘ydi
Aleksandr Zelenskiy. Foto: «RUspex»
Ma’lumot uchun: Aleksandr Zelenskiy (1947 yilda tug‘ilgan) — texnika fanlari doktori, professor, matematik va dasturchi. Kirovorog iqtisodiyot institutining informatika kafedrasi mudiri. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning otasi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.