Polshada cho‘chqalar o‘z xo‘jayinini yeb tashladi

Polshada cho‘chqalar o‘z xo‘jayinini yeb tashladi
Polshalik qariyaning yuragi huruj qilganidan so‘ng u boqayotgan 12 cho‘chqa xo‘jayinini yeb tashladi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
71 yoshli qariyaning jasadi qoldiqlarini uning qo‘shnisi topgan. U Yangi yil bayramidan so‘ng qo‘shnisini xabar olmoqchi bo‘lib uyiga kirgan.

\"Uni oxirgi marta 31 dekabr kuni quduqdan suv olgani borganda ko‘rishgan\", - dedi prokuratura matbuot kotibi.
Prokuraturaning aytishicha, qariyani quduq atrofida o‘tlab yurgan och cho‘chqalar yeb tashlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.