Falastin prezidenti Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etdi

Foto: Reuters
Falastin yetakchisi Mahmud Abbos AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etdi, deb xabar berdi Al-Watan Voice portali Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi a’zosi Ahmad Majdalaniyga asoslanib.
Majdalaniyning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma’muriyati bilan hech qanday muzokara o‘tkazilmayapti, Abbos esa Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etgan.
Avvalroq Tramp Yaqin Sharqda barqarorlik o‘rnatish bo‘yicha rejasini e’lon qilishini bildirgandi.
\"Asr kelishuvi\" – Falastin-Isroil mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSH ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan reja. Ushbu hujjatning e’lon qilinishi bir necha marta ortga surilgandi.
Vashington mazkur rejani ishlab chiqishni uch yil avval boshlagandi. Amerika OAVning ma’lum qilishicha, reja iqtisodiyot va investitsiyalarga qaratilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Falastin yetakchisi Mahmud Abbos AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etdi, deb xabar berdi Al-Watan Voice portali Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi a’zosi Ahmad Majdalaniyga asoslanib.
Majdalaniyning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma’muriyati bilan hech qanday muzokara o‘tkazilmayapti, Abbos esa Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etgan.
Avvalroq Tramp Yaqin Sharqda barqarorlik o‘rnatish bo‘yicha rejasini e’lon qilishini bildirgandi.
\"Asr kelishuvi\" – Falastin-Isroil mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSH ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan reja. Ushbu hujjatning e’lon qilinishi bir necha marta ortga surilgandi.
Vashington mazkur rejani ishlab chiqishni uch yil avval boshlagandi. Amerika OAVning ma’lum qilishicha, reja iqtisodiyot va investitsiyalarga qaratilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













