Abxaziya koronavirus sabab o‘zbekistonliklarni mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi

Abxaziya koronavirus sabab o‘zbekistonliklarni mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi
Abxaziya 4 fevraldan “Psou” va “Ingur” nazoratdan o‘tish joylari orqali beshta davlat fuqarolarining kirishiga vaqtincha cheklov o‘rnatdi, deb xabar qildi Sputnik Abxaziyaga asosan Sof.uz.
Cheklovlar Tojikiston, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan joriy etildi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi, shuning uchun bunday bayonot g‘alati bo‘lib ko‘rinmoqda. Ehtimol, Abxaziya Xitoyga yaqin bo‘lgan davlatlarga nisbatan bu cheklovni kiritgan.
JSST favqulodda holat olib tashlanishi bilan cheklovlar bekor qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.