Tramp migrantlarning Yevropaga oqimini sharmandalik deb atadi

Tramp migrantlarning Yevropaga oqimini sharmandalik deb atadi
Foto: REUTERS
AQSH prezidenti Donald Tramp boshqa madaniyatlardan milliondan ortiq migrantlarning kelishi Yevropa madaniyatini yomon tomonga o‘zgartirib yuborganini aytdi.

\"Yevropa bilan yuz bergan narsa sharmandalik deb o‘ylayman. Yevropada immigratsiyaga o‘rin berish - sharmandalik. Bu Yevropaning to‘qimalarini o‘zgartirib yubordi deb o‘ylayman va zudlik bilan harakat qilinmasa, u ilgarigidek bo‘lmaydi. Sizlar o‘z madaniyatingizni yo‘qotyapsizlar deb o‘ylayman\", - dedi u Britaniyaning The Sun nashriga bergan intervyusida.

Tramp Yevropa mamlakatlarini qattiq sevishini aytdi.
\"Unutmang, kelib chiqishim bo‘yicha men Yevropa Ittifoqi mahsuliman, Shotlandiya va Germaniyaning. To‘g‘rimi? Otam Germaniyadan, onam esa Shotlandiyadan\", - dedi AQSH prezidenti.

AQSH prezidenti ilgari ham Yevropadagi migratsiya siyosatini tanqid qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.