Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada koronavirus aniqlanganini tasdiqladi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada koronavirus aniqlanganini tasdiqladi
Moskva shahrida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat kuzatilgani haqida xabar bergan edi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi ushbu xabarni tasdiqladi.

Ayni paytda koronavirus bilan kasallangani gumon qilinayotgan bemor Moskvadagi shifoxonalardan birida nazoratda bo‘lib turibdi. Shu paytga qadar kasallikni tasdiqlovchi holat shaharda hali qayd etilmagan. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bergan.

\"Ayni paytda u bir qator diagnostik tekshiruvlardan o‘tmoqda. So‘nggi oylarda bir necha kishining koronavirus bilan kasallangani gumon qilingan. Ularning hech birida kasallik tashxisi qo‘yilmagan”, - deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.