Koronavirus infeksiyasi 100dan ortiq mamlakatda qayd etildi

Koronavirus infeksiyasi 100dan ortiq mamlakatda qayd etildi
Foto: «shantnews»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabariga ko‘ra, 9 mart holatida 101 mamlakatda koronavirus infeksiyasi holatlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab ushbu virusdan kasallanganlar soni 105 586 nafarga etgan.

So‘nggi bir kun ichida Bolgariya, Kosta-Rika, Moldova, Fransiya Gvianasi, Maldiv orollari, Malta, Farer orollari va Karib dengizidagi Martinika (Fransiya) oroliga infeksiya kirib borgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 mart holatida JSST koronavirus infeksiyasi 79 mamlakatda ro‘yxatga olinganligini ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.