Singapurda 70 masjid yopilmoqda

Singapurda 70 masjid yopilmoqda
Singapurda ommaviy diniy yig‘ilishda qatnashgan ikki singapurlik Malayziyada tekshiruvdan o‘tganda ijobiy natijalar qayd etilganidan so‘ng mamlakatdagi barcha 70 masjid yopilmoqda.
Uchrashuvda 90 ga yaqin singapurliklar qatnashgan edi. Barcha masjidlar koronavirusga qarshi dezinfeksiya uchun besh kun davomida yopiladi.

Bundan tashqari, Singapurda Katolik Messasi marosimi ham noma’lum muddatga to‘xtatiladi. Bu Katolik cherkovining Messa marosimini davom ettirish haqidagi ilgari qabul qilgan qarorining bekor qilinishi bo‘ldi.

Mahalliy katolik cherkovi rahbari bu qaror \"ko‘plab aholini himoya qilish\" uchun qabul qilinganini aytdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Gulhayo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.