Koronavirusga uchragan yaponiyalik erkak qasddan kasalini boshqalarga yuqtirib chiqdi

Koronavirusga uchragan yaponiyalik erkak qasddan kasalini boshqalarga yuqtirib chiqdi
Koronavirusga uchragan yaponiyalik erkak qasddan kasalini boshqalarga yuqtirib chiqdi

Yaponiyaning Aiti prefekturasiga qarashli Gamagori shahrida yashovchi ismi-sharifi ma’lum qilinmagan erkak oilaviy koronavirus yuqtirib, o‘z uyida karantinga tushirilgandi. Lekin uyidagilarga kasalni boshqalarga ham yuqtirish niyati borligini aytib 4 mart kuni kechqurun ko‘chaga chiqqan.

Birinchi bo‘lib barga kirgan. U yerda 15 daqiqacha odamlar bilan gaplashib o‘tirgan. U yerdan chiqib filippinliklar bariga kirib 40 daqiqa o‘tirgan. Bu yerda qo‘shiq ham aytgan va barda ishlovchi qiz bilan quchoqlashib xayrlashgan. Ketish pallasida koronavirusga uchraganini baralla e’lon qilgan.

Oradan 4 kun o‘tgach, bar xodimasining isitmasi ko‘tarildi. Tekshiruvlar u koronavirus yuqtirganini tasdiqladi. Hozirda erkak qo‘lga olingan. Uni qanday jazo kutayotgani hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 19 mart yakuniga ko‘ra, Yaponiya bo‘yicha 1 ming 924 kishi koronavirus yuqtirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Adiba
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.