Ronaldu va Mendesh koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 mln yevro xayriya qildi

Ronaldu va Mendesh koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 mln yevro xayriya qildi
Turinning \"Yuventus\" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu agenti Jorje Mendesh bilan birga koronavirusga chalinganlarni davolash uchun 3 ta jonlantirish bo‘limiga pul ajratdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi va uning vakili Lissabon hamda Portu shaharlaridagi kasalxonalar uchun 1 million yevro xayriya qilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan kasalxonalarga yangi tibbiy jihozlar olib kelinadi.

Santa-Mariya shifoxonasi boshlig‘i Daniel Ferro ushbu xayriya uchun Ronaldu va uning agentiga minnatdorchilik bildirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.