Angela Merkelda koronavirus aniqlanmadi

Angela Merkelda koronavirus aniqlanmadi
Foto: Reuters
Koronavirusga chalingan shifokor bilan aloqada bo‘lgan Germaniya kansleri Angela Merkelning koronavirusga topshirgan ikkinchi testi ham unda virus yo‘qligini ko‘rsatdi. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma’lum qildi.

Merkelga 20 mart kuni pnevmokokk infeksiyasidan emdori qilgan shifokor koronavirusga chalingani aniqlangan. Merkel ikki kundan keyin bundan xabar topgach, karantinga ketgandi.

Zaybertning aytishicha, Germaniya kanslerida koronavirus aniqlanmagan bo‘lsa-da, u karantinda qolib, mamlakatni masofadan boshqarishni davom ettiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.