Xitoyda otaning hushyorligi farzandining hayotini saqlab qoldi (video)

Xitoyda otaning hushyorligi farzandining hayotini saqlab qoldi (video)
Foto: Newsflare
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi Szinxua shahrida otaning tez harakat qilishi yosh bolaning avtomobil ostida qolib halok bo‘lishining oldini oldi. Newsflare nashri videokuzatuv kamerasi tasvirlarini e’lon qildi.

Hodisa xitoylik erkak kichkina o‘g‘li bilan yo‘lni kesib o‘tayotganida yuz bergan. Mashinalardan biri piyodalar o‘tish joyida tormoz bermay, katta tezlikda o‘tib ketavergan. U bolani bosib ketishiga bir baxya qolganida ota o‘g‘lini ko‘tarib tortib qoladi.

Mashina bir soniya avval bola turgan joyni bosib, keyin to‘xtagan. Xitoylik erkak e’tiborsiz haydovchiga baqirib bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.