Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi

Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qildi
Foto: kremlin.ru
Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova kasallik yuqtirish holatlari o‘sganini tasdiqladi.
Rossiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashmoqda, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Putin.

«Mamlakatda vaziyat murakkablashmoqda, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat judayam murakkab», — dedi Putin hukumat a’zolari bilan videokonferensiya shaklida o‘tgan yig‘ilishda.
U jahonda koronavirusga chalinganlar soni 850 mingdan oshganini, Rossiyada esa 2777taga yetganini eslatib o‘tdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova kasallik yuqtirish holatlari o‘sganini tasdiqladi.
«Koronavirus infeksiyasi yuqtirgan fuqarolar soni o‘tgan sutkada 18,8 foizga o‘sdi», — dedi Golikova.

Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatkichning o‘sishi test olishning kengayishi bilan ham izohlanadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritish vakolatini beruvchi qonunni imzolagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.