Putin: Rossiyada koronavirus bo‘yicha vaziyat og‘irlashdi

Putin: Rossiyada koronavirus bo‘yicha vaziyat og‘irlashdi
Foto: RFI
Rossiyada koronavirus bo‘yicha vaziyat kundan-kunga o‘zgarib boryapti va bu yaxshi tomonga emas. Epidemiologik holat bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Vladimir Putin buni ta’kidlab o‘tdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
«Kasallanayotgan odamlar soni ko‘paymoqda, kasallikning og‘ir shakli tobora ko‘p uchrayapti», — dedi Putin.

«Keyingi haftalar hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Demakki, bizning barcha sa’y-harakatlarimiz: joylardagi profilaktik choralar, butun sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati yuqori darajada, barcha omillarni hisobga olgan holda zaxirasi bilan tashkil etilishi lozim», — dedi prezident.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 18 328 ta holat aniqlangan (shundan 11 513 tasi — Moskvada), 148 kishi vafot etgan, 1470 nafar bemor sog‘ayib ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.