AQSHda ikki yuzli uloq tug‘ildi

AQSHda ikki yuzli uloq tug‘ildi
AQSHning Viskonsin shtatida ikki boshli uloq tug‘ildi, deya ma’lum qildi g‘ayritabiiy jonivor paydo bo‘lgan ferma egasi.

Ferma xo‘jayini ajoyib echki bolasini ikki yuzli Qadimgi Rim ma’budasi sharafiga Yanus deb atadi. U juda yoqimtoy, o‘zini yaxshi tutadi, faqat hech to‘yganini bilmaydi. Veterinarning aytishicha, uning yuragi bilan o‘pkasi yaxshi ishlayapti, ikkala bosh suyagi ham to‘liq shakllangan.

«U xuddi ovqat so‘rayotgandek menga tikilgani-tikilgan», — deb yozadi fermer Feysbukda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.