Los-Anjelesda robot-kurer mijozning tushligini o‘g‘irladi, so‘ng kechirim so‘rab qochib ketdi (video)

Los-Anjelesda robot-kurer mijozning tushligini o‘g‘irladi, so‘ng kechirim so‘rab qochib ketdi (video)
Foto: «Ferra.ru»
AQSHning Los-Anjeles shahrida kurerlik bilan shug‘ullanuvchi robot mijozning tushligini o‘g‘irladi. Erkak to‘rt kvartalgacha uning ortidan quvib bordi, biroq ovqatni ololmadi.

Yusuf Xogali robot-kurerlar ishlaydigan Postmates xizmati orqali sendvich buyurtma qilgan edi. Biroq Yusufning manziliga kelgan Android to‘xtamay, yurib ketdi. Erkak to‘rt kvartal unga ergashib, ovqatni olishga harakat qildi, ammo natija bo‘lmadi.

Natijada robot noma’lum yo‘nalishda harakatlanib, g‘oyib bo‘lgan. Bu paytda uning korpusi ekranida «Kechirasiz» deb yozilgan yozuv ko‘ringan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.