Jonni Depp Instagram’da ro‘yxatdan o‘tdi. 2 kunda uning folloverlari soni 3 milliondan oshdi

Jonni Depp Instagram’da ro‘yxatdan o‘tdi. 2 kunda uning folloverlari soni 3 milliondan oshdi
Foto: Reuters
Taniqli Gollivud aktyori Jonni Depp Instagram’da ro‘yxatdan o‘tdi. Bir sutka ichida uning sahifasiga ikki million kishi obuna bo‘ldi. Aktyor bunga qadar hech qaysi ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmagan edi.

«Hammaga salom. Sizlar uchun qiziqarli narsa tayyorlayapman. Menga bir daqiqa bering», — deb yozdi Depp o‘zining birinchi posti ostiga.
Suratda aktyorning yonib turgan shamlar qo‘yilgan stol oldida o‘tirganini ko‘rish mumkin.

Aktyorning birinchi posti 1,2 milliontadan ortiq «layk» to‘plagan. Unga 88,5 ming kishi izoh qoldirgan.
Keyinroq Depp folloverlariga 8 daqiqalik videoni taqdim etdi. Aktyor ushbu videoda ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lishi sababini aytgan. Bu — koronavirus pandemiyasi.

«Men avval hech qachon bunday qilmagandim. Hozir esa muloqot qilish payti keldi. Sababi ushbu ko‘rinmas dushman xavfi fojialarga olib kelmoqda va ko‘plab insonlarni hayotdan olib ketdi», — deydi Jonni Depp.

Aktyor, shuningdek, bu murakkab davrda insonlarni bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishga hamda ijodiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishga chaqirdi.
Video qariyb 4,5 million marta tomosha qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.