Koronavirus odam ko‘z yoshlarida ham saqlanishi mumkinligi aniqlandi

Koronavirus odam ko‘z yoshlarida ham saqlanishi mumkinligi aniqlandi
Italiyaning yuqumli kasalliklarni o‘rganish bo‘yicha milliy instituti olimlari tojdor virus odamning ko‘z yoshlari tarkibida ham saqlanishi mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.

Gap shundaki, apeninlik olimlar koronavirusga chalingan italiyalik ayolning ko‘z pardasini tekshiruvdan o‘tkazishdi. Bemorning ko‘z yoshlari tarkibi o‘rganilganda, unda COVID-19 infeksiyasi izlariga kelishdi.

Institut direktori Marta Brankaning aytishicha, bu yangilik koronavirus degan katta va murakkab boshqotirmani yechishning kichik bir qismidir.

Bundan oldin germaniyalik mutaxassislar turli yuzalardan namuna olib tajriba o‘tkazishgandi. Natijada tojdor virus turli yuzalar(eshik tutqichlari, telefonlar, pollar)dan odamga o‘tishi o‘z isbotini topmadi. Shu bois nemis olimlari yakunda mazkur virus odamlar o‘rtasidagi yaqin aloqalardan so‘ng deyarli yuz foiz yuqadi degan xulosaga kelishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.