Mashhurlar karantinda (foto+video)

Mashhurlar karantinda (foto+video)
Mashhurlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 23 aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.

23 aprel kuni Turkiyada milliy suverenitet va bolalar bayrami nishonlanmoqda. «Fazilat xonim qizlari» seriali yulduzi Alp Navruz shu kun munosabati bilan bolalarga mo‘ljallangan unsiz va shakarsiz pechenelar pishirdi.

Serialning yana bir yulduzi Deniz Baysal esa bayram tabrigi sifatida folloverlariga turmush o‘rtog‘i bilan qo‘shiq kuylab berdi.

Taniqli xonanda Tarkan ham bolalar bayrami munosabati bilan Instagram’dagi sahifasiga rafiqasi va qizi bilan tushgan suratini joyladi.

Arab olamidagi eng taniqli xonandalardan biri Nensi Ajram qizi Ellaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Instagram’dagi sahifasiga yangi post joylashtirdi. «Dunyodagi eng chiroyli qiz, Ella! Tug‘ilgan kuning bilan! Sen mening baxtimsan», — deb yozadi xonanda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.