Krishtianu Ronaldu onasiga Mercedes-Benz sovg‘a qildi

Foto: Instagram
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh onalar kuni munosabati bilan o‘g‘lidan qabul qilgan sovg‘ani namoyish qildi.
Portugaliyada may oyining ilk yakshanba kuni nishonlanadigan ushbu bayramga Krishtianu onasiga Mercedes-Benz GLC Coupé avtomobilini sovg‘a qilgan. Mazkur avtomobilning narxi 50-55 ming yevro atrofida turadi.
«Bugungi sovg‘a uchun farzandlarimga tashakkur aytaman. Barcha onalarga baxt tilayman», — deya yozadi Doloresh Instagram sahifasida.
Ronaldu ham onasi va qaylig‘i Jorjina Rodrigesni Instagram orqali tabriklagan.
«Men uchun qadrdon ikki ayolga onalar kuni muborak bo‘lsin», — deya yozadi Ronaldu.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh onalar kuni munosabati bilan o‘g‘lidan qabul qilgan sovg‘ani namoyish qildi.
Portugaliyada may oyining ilk yakshanba kuni nishonlanadigan ushbu bayramga Krishtianu onasiga Mercedes-Benz GLC Coupé avtomobilini sovg‘a qilgan. Mazkur avtomobilning narxi 50-55 ming yevro atrofida turadi.
«Bugungi sovg‘a uchun farzandlarimga tashakkur aytaman. Barcha onalarga baxt tilayman», — deya yozadi Doloresh Instagram sahifasida.
Ronaldu ham onasi va qaylig‘i Jorjina Rodrigesni Instagram orqali tabriklagan.
«Men uchun qadrdon ikki ayolga onalar kuni muborak bo‘lsin», — deya yozadi Ronaldu.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













