Donald Tramp koronavirus vaksinasiga oid muhim yangilik haqida gapirdi

Donald Tramp koronavirus vaksinasiga oid muhim yangilik haqida gapirdi
Foto: Reuters ​
AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida mahalliy olimlar tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina haqida “muhim e’lon“ni ma’lum qilishini aytdi.

Bugun dorilar va vaksinalarning terapevtik ahamiyati bilan bog‘liq juda muhim kun bo‘ldi... Aql bovar qilmas darajadagi natijalarga erishildi. Aynan nima muhimligi e’lon qilinadi“ dedi AQSH rahbari.

Prezident gap aynan nima haqida ketayotganini izohlamagan. Ammo uning ta’kidlashicha, “bozor deyarli ming punktga ko‘tarilgan“.
Oldinroq Amerikaning “Moderna” biotexnologiya kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina klinik sinovlarning birinchi bosqichida ijobiy natijalar ko‘rsatgani haqida ma’lum qilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.