Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari majlisi o‘tkaziladi

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari majlisi o‘tkaziladi
Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya vazirlari uchinchi uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.
2020 yil 21 may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

TIV xabariga ko‘ra, majlisda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari ishtirok etadi.

Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya vazirlari uchinchi uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari hamda koronavirus pandemiyasi oqibatlarining oldini olishda hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.