Vladimir Putin maqola yozdi

Vladimir Putin maqola yozdi
Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan maqola yozdi. Davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, maqola qachon chop etilishini Putin shaxsan hal qiladi.

Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan maqola yozish niyati borligini Putin katta matbuot anjumanida jurnalistlarga ma’lum qilgandi.

Bu yil Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 75 yil to‘ldi. Koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya an’anaviy 9 may paradini 24 iyunga ko‘chirdi. Yangi bayram sanasini Putin ish haqi saqlab qolinadigan dam olish kuni deb e’lon qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.