AQSH: ota uyda uxlayotganda bolalari mashinada jon berdi

AQSH: ota uyda uxlayotganda bolalari mashinada jon berdi
Foto: «fox23.com»
Amerikaning Oklaxoma shtati Talsa shahrida otasi avtomobilda besh soat qoldirib ketgan ikkita yosh bola vafot etdi. Politsiya erkakni hibsga oldi, deya xabar berdi «Fox23» telekanali.

Politsiyaning aniqlashicha, 31 yoshli Dastin Li Dennis shanba kuni kunduzi bolalari bilan do‘konga borgan, keyin esa uyga qaytib kelib, uxlab qolgan. Taxminan besh soatlardan so‘ng uyg‘onib qarasa, bolalari yonida yo‘q. Ko‘p o‘tmay 4 yoshli qizi bilan 3 yoshli o‘g‘lini o‘zining mashinasidan topgan va ularni uyga olib kirgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bolalarning o‘lganini qayd etishgan. Bolalar o‘limining sababi hozircha ochiqlanmayapti.
AQSH: ota uyda uxlayotganda bolalari mashinada jon berdi
«Bolalar mashinada besh soat qarovsiz qoldirib ketilgan», — deya xabar berilgan politsiyaga. Ota ikkinchi darajali qotillikda ayblanmoqda. Hozir u hibsda.
AQSH: ota uyda uxlayotganda bolalari mashinada jon berdi
Mahalliy meteorologlarning ma’lum qilishicha, o‘sha kuni shaharda havo harorati 30 daraja issiq bo‘lgan.
AQSH: ota uyda uxlayotganda bolalari mashinada jon berdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.