AQSHda isyonchilar birinchi prezidentning haykalini ag‘darib tashlashdi

AQSHda isyonchilar birinchi prezidentning haykalini ag‘darib tashlashdi
Jorj Vashingtonning Portlend (Oregon shtati)dagi haykali isyonchilar tomonidan ag‘darib tashlandi. Bu haqda «CBS News» xabar berdi.
Amerika birinchi prezidentining qullari bo‘lgan ekan.

Kecha, taxminan soat 10:00 lar atrofida yigirmatacha odam Vashingtonning bronzadan quyilgan ulkan haykali yonida paydo bo‘lgan. Ulardan ayrimlari haykalning boshiga AQSH bayrog‘ini o‘rab yoqib yuborishgan.

Isyonchilar soni ko‘payib, yetarlicha kuch paydo bo‘lganidan so‘ng, ular haykalni yerga ag‘darishgan va voqea joyidan qochib qolishgan.
Jurnalistlar yerga yuztuban ag‘darilgan, har xil yozuvlar qoldirilgan haykalni tasvirga olishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.