Hindistonda chaqmoq urishdan bir kun ichida 23 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda chaqmoq urishdan bir kun ichida 23 kishi halok bo‘ldi
Hindiston shimolida joylashgan Uttar-Pradesh shtatida chaqmoq urishdan bir kun ichida 23 kishi halok bo‘ldi va 29 kishi jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Allohobodda 8 kishi, Mirzapur va Bxadoxida 6 kishidan, Kausambida yana 2 kishi va Jaunpurda bir kishi chaqmoq urishi qurboni bo‘lgan.

Mahalliy hokimiyat halok bo‘lganlar oilalariga kompensatsiya to‘lashga va’da bergan.
Hindistonda iyun oxirida ham 2 kun ichida chaqmoq urishdan 130 ga yaqin kishi halok bo‘lgandi. Eng ko‘p qurbonlar Bixar shtatida qayd qilinib, ularning soni 83 nafarni tashkil qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.