Dunyodagi eng maftunkor tog’lar haqida qiziqarli ma’lumotlar

Dunyodagi eng maftunkor tog’lar haqida qiziqarli ma’lumotlar
Shunday jazirama issiqda barcha insonning toqqa chiqib, musaffo osmonda dam olgisi keladi, albatta. Shunday emasmi?
Keling endi hayotingizda hech bo‘lmaganda bir marta tashrif buyurishingiz kerak bo‘lgan maftunkor tog‘lar haqida gaplashsak. Bugungi maqolamizda biz sizlarga TOP 3 manzarali tog‘lar haqida qisqacha ma’lumotlar qayd etib o‘tamiz.

1.Matterhorn tog‘i
Dunyodagi eng maftunkor tog’lar haqida qiziqarli ma’lumotlar
Ushbu Alp cho‘qqisi Shveysariya hamda Italiya o‘rtasidagi chegarani o‘ziga qamrab oladi. Bu tog‘ afsonaviyligi bilan nom qozongan. Tog‘ni ilk bor 1865 yilda mashhur britaniyalik Edvard Uimper zabt etgan. Tog‘ning balandligi 4478 metr. U piramida shakliga egadir. Har yili 2000 dan ortiq insonlar Matterhorn tog‘ining cho‘qqisiga chiqishadi.

2.Denali tog‘i
Dunyodagi eng maftunkor tog’lar haqida qiziqarli ma’lumotlar
Denali Shimoliy Amerikadagi eng baland cho‘qqi. Ushbu tog‘ning balandligi 6190 metr. Avvallari bu tog‘ni Mak Kinli deb atashardi. Ammo ko‘p yillar davomida sodir bo‘lgan to‘xtovsiz ziddiyatlardan so‘ng, 2016 yilda bu tog‘ni mahalliy aholi Denali deb atashni boshlashdi. Bu tog‘ o‘zining salqin havosi bilan insonlarni o‘z bag‘riga chorlayveradi.

3.Kirkjufell tog‘i
Dunyodagi eng maftunkor tog’lar haqida qiziqarli ma’lumotlar
G‘aroyib konussimon Kirkjufell yoki “Cherkov tog‘i” Islandiyaning eng ko‘p suratga olinadigan joyi sifatida tan olingan. Chunki bu tog‘ning ajoyib manzarasidan ko‘plab insonlar bahramand bo‘lib ketishadi. Rasmda ko‘rib turganingizdek, u yerda maftunkor sharshara hamda sohillar ham bor. Bu yerga tashrif buyurgan inson hech qachon afsuslanmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Umida
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.