64 yil kesilmagan soch 6 metrga yetdi (Foto)

64 yil kesilmagan soch 6 metrga yetdi (Foto)
Foto: «Yandex»
Vetnamlik ayol 64 yil sochini kestirmagan, boshini biror marta ham shampunlab yuvmagan. Bu haqda «Dunya News» sayti xabar berdi.
64 yil kesilmagan soch 6 metrga yetdi (Foto)
83 yoshli Nguyen Txi Dinx sochini birinchi marta 19 yoshida kestirgan. Shundan so‘ng kuchli bosh og‘riqlaridan azob chekkan. Ota-onasi uni shifokor qabuliga olib borishgan. Biroq tayinlangan davo muolajalaridan keyin ham bosh og‘rig‘i to‘xtamagan.
64 yil kesilmagan soch 6 metrga yetdi (Foto)
O‘shandan beri Dinx biror martayam sochini kestirmagan, biror martayam boshini shampunlab yuvmagan. Hozir sochining uzunligi olti metrga yetadi. Faqat chuvalashib ketganidan bahaybat ilonga o‘xshab qolgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.