Berlinda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda

Berlinda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Reuters
Berlinda minglab namoyishchilar koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi norozilik bildirmoqda, deb xabar berdi Morgenpost nashri.

Nashrning ma’lumot berishicha, shahar markazidagi Unter-den-Linden ko‘chasida yetti mingga yaqin kishi to‘plangan bo‘lib, ularning aksariyati niqob taqmagan.
\"Ko‘pchilik qoidalarga amal qilmayapti. Hamkasblarimiz ulardan qoidalarga rioya qilishni so‘ramoqda\", - deb yozadi poytaxt politsiyasi tvitterda.

Xabar qilinishicha, namoyishchilar G‘alaba kolonnasi tomon harakatlanmoqda, u yerda miting o‘tkazish rejalashtirilgan.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 210 676taga yetgan, 9 154 kishi vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.