Yigirmata davlat Rossiya vaksinasiga navbat olib qo‘yishdi

Yigirmata davlat Rossiya vaksinasiga navbat olib qo‘yishdi
Foto: «Tochka.press»
Moskva koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini qo‘llash masalalari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi. Hozirda 20 dan ortiq mamlakat vaksinaga qiziqish bildirgan, deydi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

«Biz COVID-19ga qarshi vaksinani ishlab chiqish va kelgusida qo‘llash bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan yaqin aloqani qo‘llab-quvvatlaymiz. Ma’lumki, Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib rossiyalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi vaksinani ro‘yxatga oldi. Shuni aytmoqchimanki, 20 dan ortiq mamlakat unga amaliy qiziqish bildirgan», — dedi Zaxarova brifingda.

Seshanba kuni Rossiya COVID-19ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga olganini e’lon qildi. «Sputnik V» deb atalgan vaksina barcha zarur tekshiruvlardan o‘tgan va mustahkam immunitet hosil qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.