Si Szinpin: «Xitoy dunyodagi o‘nlab millionlab insonlarning hayotini saqlab qoldi»

Si Szinpin: «Xitoy dunyodagi o‘nlab millionlab insonlarning hayotini saqlab qoldi»
Foto: «Realist»
XXR raisi Si Szinpin Xitoy yangi turdagi koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish paytida ochiq va shaffof harakatlanganini ma’lum qildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.

Si Szinpin mamlakatda koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashishda qatnashganlarni taqdirlash marosimida so‘zlashicha, Xitoy o‘z vaqtida aniq va ishonchli choralar qo‘llashi natijasida butun dunyoda millionlab insonlarning hayoti saqlab qolindi.

Sining ta’kidlashicha, koronavirus epidemiyasidan keyin iqtisodiy o‘sishga qaytgan ilk yirik mamlakat aynan Xitoy bo‘ldi. Bu mamlakatning qudrati va hayotiy kuchini ko‘rsatadi, dedi u.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.