Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Foto: «reporter.kg»
Kecha, 20 sentabr kuni O‘sh viloyatidagi Aravon qishlog‘ida «Mekenim Qirg‘iziston» partiyasining saylov oldi tashviqoti paytida mojaro yuzaga keldi. Mojaro ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi.

Qayd etilishicha, tomonlar toshlardan, tayoq va qo‘lbola buyumlardan ham foydalanishgan. O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, janjal oqibatida 12 kishi jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Qishloq aholisining mol-mulkiga ham (to‘qnashuv hududida turgan beshta avtomashinaga) zarar yetgan. Janjalda ishtirok etgan o‘n kishi hibsga olingan.

Mazkur videoni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDЕO
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.