Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘ nizosida yarashuv bo‘lishi uchun asosiy shartini aytdi

Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘ nizosida yarashuv bo‘lishi uchun asosiy shartini aytdi
Foto: «Azertaj»
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev «Al Jazeera»ga bergan intervyusida Boku Armaniston qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ hududini tark etgan taqdirda yarashish tomon qadam tashlashini bildirdi.

«Bizning shartimiz shunday — ular barcha hududlardan qo‘shinini olib chiqib ketishi shart. Qo‘shinlarni olib chiqish jadvalini bizga taqdim etishsin, vositachilar guvohligida jiddiy majburiyatlarni olishayotganini tasdiqlashsin», — dedi jumladan Aliyev.

Aliyev qo‘shimcha qilishicha, Boku «yana 30 yil kuta olmaydi» va nizoni tez orada bartaraf etmoqchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.