Almazbek Atambayevga suiqasd uyushtirildi (video)

Almazbek Atambayevga suiqasd uyushtirildi (video)
Foto: «Google.com»
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan siuqasd uyushtirildi. Bu haqda uning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva Facebookdagi sahifasida xabar bergan.

«Sobiq prezident mashinasi o‘qqa tutildi», – deya yozgan Joldubayeva. Videoda Atambayevning o‘zi ham suiqasdni tasdiqlagan. Lekin sobiq prezident jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda boshlangan namoyishlar fonida Almazbek Atambayev va sobiq bosh vazir Sapar Isoqov hibsdan ozod etilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.