Afg‘onistonda “Tolibon”ning 100dan ko‘proq jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘onistonda “Tolibon”ning 100dan ko‘proq jangarisi yo‘q qilindi
Foto: AP
Afg‘oniston hukumat kuchlari 1 noyabrga o‘tar kechasi Qandahor viloyatida o‘tkazgan amaliyot davomida “Tolibon” harakatining 100dan ko‘proq jangarisini yo‘q qildi.

Viloyat politsiya boshqarmasi vakili Jamol Nosir Barakzoyning ma’lum qilishicha, Jiray va Argxandob uyezdlarida jangarilarga qarshi borgan janglarda mamlakat xavfsizlik kuchlari otryadlari 101 tolibni yo‘q qilgan, o‘nlab jangarilar yarador bo‘lgan.

Politsiya vakilining ta’kidlashicha, ushbu uyezdlarda va viloyatning boshqa hududlarida toliblar bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.