Avstraliyada ot bilan do‘stlashgan mushuk uni minishni o‘rganib oldi (foto)

Avstraliyada ot bilan do‘stlashgan mushuk uni minishni o‘rganib oldi (foto)
Foto: «radiokp.ru»
Do‘stlikda hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Agar ikki tomon ham bir-biriga samimiy munosabatda bo‘lsa, qanday ko‘rinishda bo‘lish muhim emas. Avstraliyada yashovchi Champi va Morris yetti yildan buyon do‘st bo‘lib kelmoqda va ular yuqoridagi fikrning haqiqiy isbotidir.

Ularning egasi Jennifer Boyl. U mushuk – Morrisni uysiz hayvonlar saqlanadigan joydan olib kelgan. «Men uni uyga olib kelganimda Champi bilan yaqin do‘st bo‘lishiga ishonardim. Morris o‘sha zahoti uning ustiga minib oldi, Champi esa bundan zavqlanib uni aylantira boshladi», − deydi Jennifer.
Avstraliyada ot bilan do‘stlashgan mushuk uni minishni o‘rganib oldi (foto)
Foto: «radiokp.ru»
Ushbu holat Champi va Morrisning ertalabki marosimiga aylandi. Har kuni tong otganda Morris panjara yonidagi ustunda otni kutadi. Oila esa u yerni «Avtobus bekati» deb ataydi.
Avstraliyada ot bilan do‘stlashgan mushuk uni minishni o‘rganib oldi (foto)
Foto: «radiokp.ru»
Albatta, do‘stlar bir-birini juda yaxshi kutib oladi. «Champi juda mehribon avtobus, − deydi Jennifer. – Keyin Morris otga bir sakrab minib oladi va ular birgalikda ertalabki mashqlarni bajaradi».
Avstraliyada ot bilan do‘stlashgan mushuk uni minishni o‘rganib oldi (foto)
Foto: «radiokp.ru»
Ba’zan ularning shunchaki birga dam olayotganini ko‘rish mumkin. Champining beli mushukning eng sevimli dam olish joyi hisoblanadi.
Avstraliyada ot bilan do‘stlashgan mushuk uni minishni o‘rganib oldi (foto)
Foto: «radiokp.ru»
Jenniferning aytishicha, mushuk uyquni qanchalar yoqtirmasin, erta tongda do‘sti bilan uchrashishga shay turadi. Gohida turli hayvonlar bir-birlari uchun haqiqiy oilaga aylanadi.
Avstraliyada ot bilan do‘stlashgan mushuk uni minishni o‘rganib oldi (foto)
Foto: «radiokp.ru»
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.