Twitter AQSH prezidenti akkauntini Baydenga beradi

Foto: Tom Brenner/Reuters
Twitter ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati amaldagi prezident Donald Trampning fikridan qat’i nazar, inauguratsiya kuni AQSH prezidentining @POTUS rasmiy akkauntini Jo Baydenga beradi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.
“Twitter 2021 yil 20 yanvardagi Oq uyning institutsional akkauntlari o‘tkazilishiga faol tayyorlanmoqda”, – deb ma’lum qildi ijtimoiy tarmoq vakili.
@VP (vitse-prezident), @FLOTUS (AQSHning birinchi xonimi), @whitehouse (Oq uy) kabi hukumat akkauntlari ham Bayden ma’muriyatiga o‘tadi.
Tramp ma’muriyatining mavjud xabarlari AQSH arxivlash va hujjatlashtirish milliy boshqarmasi tomonidan arxivlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp saylovlarda “dahshatli qonunbuzilishlar” bo‘lganligini aytgan va sudga murojaat qilishini bildirgandi. Uning fikricha, qator hududlarda saylov natijalari demokratlar foydasiga soxtalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Twitter ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati amaldagi prezident Donald Trampning fikridan qat’i nazar, inauguratsiya kuni AQSH prezidentining @POTUS rasmiy akkauntini Jo Baydenga beradi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.
“Twitter 2021 yil 20 yanvardagi Oq uyning institutsional akkauntlari o‘tkazilishiga faol tayyorlanmoqda”, – deb ma’lum qildi ijtimoiy tarmoq vakili.
@VP (vitse-prezident), @FLOTUS (AQSHning birinchi xonimi), @whitehouse (Oq uy) kabi hukumat akkauntlari ham Bayden ma’muriyatiga o‘tadi.
Tramp ma’muriyatining mavjud xabarlari AQSH arxivlash va hujjatlashtirish milliy boshqarmasi tomonidan arxivlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp saylovlarda “dahshatli qonunbuzilishlar” bo‘lganligini aytgan va sudga murojaat qilishini bildirgandi. Uning fikricha, qator hududlarda saylov natijalari demokratlar foydasiga soxtalashtirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













