Xitoy emasmi? COVID-19 paydo bo‘lgan joy bahs keltirib chiqarmoqda

Xitoy emasmi? COVID-19 paydo bo‘lgan joy bahs keltirib chiqarmoqda
Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining sobiq bosh epidemiologi Szen Guanning ta’kidlashicha, koronavirus Uxan shahrida paydo bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

«Uxan – bu koronavirus aniqlangan joy, ammo u paydo bo‘lgan hudud emas», – dedi u ilmiy konferensiyada.

Olim Italiyada olib borilgan bir tadqiqotni misol keltirdi, unda go‘yoki 2019 yilning sentabr va shu yilning mart oylari oralig‘ida Italiyada o‘pka saratoni skrining tadqiqotida to‘plangan qon namunalarida yangi virus turiga xos antitelalar topilgan.

Xabaringiz bor, Uxan shahri koronavirus pandemiyasi boshlangan joy sifatida qayd etib kelinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.