Obama o‘zining internetda qanday parollardan foydalanganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Barak Obama kiberxavfsizlik masalasiga juda yengil qaraganini tan oldi. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.
Obamaning aytishicha, u internetda ishlash uchun parol sifatida uzoq vaqt mobaynida «123457» yoki «parol» (password) so‘zlaridan foydalangan.
Bu haqda AQSh prezidenti Oq uyda kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan sammit davomidagi nutqida ma’lum qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, amerikalarning 30 foizdan ko‘prog‘i ro‘yxatdan o‘tishda aynan shunga o‘xshash parollardan foydalanishar ekan.
Avvalroq, AQSh hukumat kiberxavfsizligiga 14 mlrd dollar sarflashi ma’lum qilingan edi. Bu sarf-xarajatlar 2016 yilning byudjetiga kiritiladi.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













