Vaksinatsiyadan so‘ng qachon koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘ladi?

Vaksinatsiyadan so‘ng qachon koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘ladi?
Foto: «News.yandex.ru»
Koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng infeksiyaga qarshi immunitet 32-45 kundan erta hosil bo‘lmaydi. Bu haqda Rospotrebnadzor Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aleksandr Gorelov «Doktor» telekanali efirida aytib o‘tdi.

«To‘rtta inkubatsiya davri — 56 kundan keyin antitanachalarning maksimal soni hosil bo‘ladi. Shundan keyingina ko‘ksimizni to‘ldirib bemalol nafas olsak bo‘ladi. Biroq bu niqob taqmaslik kerakligini anglatmaydi», — dedi mutaxassis.

Avvalroq Gorelov COVID-19ni boshidan o‘tkazgan rossiyaliklar to‘qqiz oy davomida — 2021 yilning kuzigacha koronavirusga qarshi emlanmasliklari mumkinligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar «mutlaqo xotirjam» bo‘lishlari mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.