Amerikalik kutilmaganda millionerga aylandi

Amerikalik kutilmaganda millionerga aylandi
Amerikaning Pfafftaun (Shimoliy Karolina) shahrida yashovchi shaxs, marhum otasi lotereya o‘ynaganda ishlatgan raqamlar tufayli jekpotni yutib oldi. Bu haqda UPI nashri xabar bermoqda.

Kevin Xolterman (Kevin Halterman) lotereya chiptasini sotib olib, deyarli bir yil davomida ishlatgan raqamlarini kiritdi. «Otam mart oyida vafot etdi. Lotereya o‘ynaganda u doimo bir xil raqamlardan foydalangan. Men ularni eslashga harakat qildim va loteriya chiptasiga o‘sha raqamlarni kiritdim. Natijada menga omad kulib boqdi», — deydi u.

23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Powerballning lotereya o‘yinida Xolterman million dollar yutib oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.