Saudiyada qor ustini qum qopladi. Natijada u xuddi eskimo muzqaymog‘iga o‘xshab qoldi (video)

Saudiyada qor ustini qum qopladi. Natijada u xuddi eskimo muzqaymog‘iga o‘xshab qoldi (video)
Saudiya Arabistonining shimoli-g‘arbidagi Tabuk shahri yaqiniga so‘nggi 50 yil ichida birinchi bor qor yog‘di. Shundan so‘ng uning ustini barxanlardagi qumlar qopladi. Endilikda bularning barchasi shokoladli plombirga o‘xshab qolgan va mahalliy aholi bundan hayratda, deb yozadi Esquire.

Yeyishga yaroqsiz eskimo tasvirlangan video Twitter, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.


«Juda kamyob hodisa. Xuddi shokolad bilan qoplangan muzqaymoqqa o‘xshaydi. Sahro qumlari tumanga yopirilgan qum bo‘ronidan so‘ng, Tabuk tepaliklaridagi qorning ustini yopib qo‘ydi. Yaratganga hamdlar bo‘lsin!», — deyiladi xabarda.

Odamlar bu kabi ob-havo sharoitida qorbolalar yasamoqda, pikniklar o‘tkazyapti, tuyalarga esa farqi yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.