Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi

Foto: «elgezit.kg»
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, prezidentga rasmiy tashriflar yuzasidan ko‘plab takliflar kelib tushgan. Biroq, davlat rahbari birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlarga bormoqchi.
Ruslan Kazakbayevning so‘zlariga ko‘ra, Japarov O‘zbekistondan keyin Xitoy, Tojikiston va Turkmanistonga ham safar qilishni rejalashtirmoqda. Bunga qadar esa u Rossiya va Qozog‘istonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev ma’lum qildi.
Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, prezidentga rasmiy tashriflar yuzasidan ko‘plab takliflar kelib tushgan. Biroq, davlat rahbari birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlarga bormoqchi.
Ruslan Kazakbayevning so‘zlariga ko‘ra, Japarov O‘zbekistondan keyin Xitoy, Tojikiston va Turkmanistonga ham safar qilishni rejalashtirmoqda. Bunga qadar esa u Rossiya va Qozog‘istonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













