«Twitter»dagi ilk tvit sotuvga qo‘yildi — hozircha ilk xaridor million dollar taklif qilmoqda

«Twitter»dagi ilk tvit sotuvga qo‘yildi — hozircha ilk xaridor million dollar taklif qilmoqda
Foto: «Zerkalo.az»
«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri va bosh direktori Jek Dorsi platformada joylangan ilk tvitni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Savdo «Valuables» onlayn-auksionida ketmoqda.

Bu tvitni Dorsining o‘zi 2006 yilning 21 mart kuni yozgan: «just setting up my twttr» («shunchaki o‘z tvitterimni sozlayapman»).
«Twitter»dagi ilk tvit sotuvga qo‘yildi — hozircha ilk xaridor million dollar taklif qilmoqda
Shunchaki to‘rt-besh so‘z bugun durdona asardan-da qimmat — kimdir tvitni sotib olish uchun million dollar taklif qilibdi.

Tvit savdosi o‘tgan yilning 15 dekabrida bir dollardan boshlangandi. 6 martgacha eng yuqori taklif 3,5 ming dollargacha chiqdi. Dorsi kimoshdi ketayotganini o‘z sahifasida shipshitganidan keyin esa hammasi tezlashib va o‘zgarib ketdi.

«Valuables» tushuntirishicha, xaridor tvit egasining imzosi qo‘yilgan raqamli sertifikatni qo‘lga kiritadi, tvitning o‘zi esa joyida qoladi. Raqamli sertifikatga tvit joylangan sana va vaqt, matni, muallif kriptohamyonining raqamli imzosi kiritiladi, unga egalik huquqi esa blokcheynda mustahkamlab qo‘yiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.